Sun'iy ong sohasida yetakçi böladigan davlat dunyo ustidan hukmronlikni qölga olişi mumkin. Bunday fikrni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaroslavlda ötgan “Kelajakka intilayotgan Rossiya” oçiq darsi davomida bildirdi. Bu haqda RBK naşri xabar bermoqda. 

“Sun'iy ong – bu nafaqat Rossiya, balki butun insoniyat kelajagidir. Bu yerda ulkan imkoniyatlar va bugungi kunda başorat qilinişi qiyin bölgan tahdidlar mavjud. Bu sohada kim yetakçi böla olsa, öşa dunyo hukmroni böladi”, deb aytgan Putin. 

Putinning aytişiça, sun'iy ong texnologiyalarini rivojlantiriş nafaqat dunyoga yangi imkoniyatlar oçib beradi, balki unga yangi xavflar soladi.  Putin sun'iy ongni rivojlantiriş sohasida kimdir yakka hukmron bölişini istamasligini tan olgan va Rossiya monopolçi maqomiga da'vogarlik qilmasligiga va'da bergan.

“Agar biz bu sohada yetakçi bölsak, u bilan hozirda atom texnologiyalari, yadro texnologiyalarimizni bölişayotganimizdek bölişamiz”, deb qöşimça qilgan Putin.