2 sentabr kuni Samarqand şahrida Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning haykali oçildi. Tadbirda iştirok etiş uçun Samarqandga mamlakat Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşrif buyurdi.

ÖzA xabariga köra, davlat rahbari dastlab Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur'on tilovat qilindi.

Birinçi Prezidentga haykal Registon maydoni yonidagi xiyobonda, Islom Karimov tuğilib ösgan xonadon yaqinida örnatilgan. Haykalni Şavkat Mirziyoyev va Tatyana Karimova oçib bergan. Ular haykal poyiga gul qöyib, Islom Karimovning xotirasiga hurmat bajo keltirgan, Özbekiston Davlat madhiyasi yangragan.

Şavkat Mirziyoyev Islom Karimov tuğilib ösgan xonadonga ham taşrif buyurgan. Qur'on tilovat qilinib, elga ehson dasturxoni yozilgan.

31 avgust kuni Toşkent şahrida Birinçi Prezidentning haykali oçilgan edi.

Foto: Samarqandda Islom Karimov haykali >>>