Terma jamoamiz saralaş öyinlari sönggi bosqiçida 9 öyinda atigi 6 gol ura oldi xolos. Köpinça, jurnalistlar yoki muxlislar tomonidan terma jamoamiz asosiy tarkibida nega aynan Igor Sergeyev maydonga tuşayotgani haqida savollar köp yangraydi. Nafaqat terma jamoa, balki klubida ham gol urmay qöygan futbolçi nega doim maydonda harakat qiladi?

Odatda, Samvel Babayan Sergeyevning töpsiz juda yaxşi harakat qilişini, körsatmalarni töğri amalga oşirişini, himoyalanişda jamoaga katta yordam berişini aytadi. Futbolni tuşunmagan biz kabi odamlar, albatta, öyinlarni boşqaça köz bilan köramiz, balki biz ilğamayotgan jihatlar bordir, deyişga majbur qilişadi doim. 

Qöşilaman, agar hujumçi himoyaçilarga doimiy bosim uyuştirsa, töpsiz harakatlari orqali, jamoadoşlariga imkoniyat yaratib berişni uddalasa, hujumçiga e'tirozlar kam böladi. Misol uçun, «Real»da Karim Benzema degan hujumçi bor. Qaçonki, Ronaldu yoki Iskolar tinmay gol urib, qulay vaziyatlarga ega bölayotgan ekanlar, Benzemaga e'tiroz bildiriş qiyin - u töpsiz harakat qilyapti, şeriklariga zonalar oçib beryapti, jamoa ğalaba qozonyapti. Ammo agar jamoada heç kim gol urmay qöysa, eng avvalo hujumçidan söraladi. Endi, uning töpsiz harakat qilişi, himoyalanaşi, zonalar oçişi ikkinçi darajaga çiqadi. 

Xöp, keling, Babayanning gapiga köngan taqdirimizda ham, bir ikki holat orqali, Sergeyevning aslida qanday harakatlanişiga, uning maydondagi intelektual salohiyati - saviyasiga, vaziyatni his qiliş qobiliyatiga nazar taşlab köramiz. 

Birinçi taymda terma jamoamiz tomonidan taşkil qilingan yagona xavfli vaziyatga e'tiboringizni qarataman:
  
Eldor Şomurodov çap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va himoyaçini deyarli doğda qoldirdi. Ammo kiçik zonada ta'qibdan butunlay qutulişning imkoni yöq, Eldor tezroq töpni şeriklariga yetkazib beriş kerak. Xöş, kimga?

Sergeyev Eldorning himoyaçini aldab ötişini boşida kutmagandir, mayli, ammo mana şu rasmda körib turganingizdaqa holat yuzaga kelganida ham joyidan qimirlamadi. Sergeyev Şomurodov tomonga harakatlanişi va himoyaçilardan birini ergaştirişi yoki undanam ideal variant, uzoq burçakka, böş darvozaga töpni kiritiş uçun harakatlanişi kerak edi. Mana şu yerda Sergeyev turgan va qimirlamayotgan nuqta hujumçi uçun, zarba uçun ideal pozitsiyami?