«Barselona» yozgi transferlarda inqirozli holatga tuşdi. Jamoani asosiy yetakçilardan biri Neymar tark etdi, uning örni töldirilmadi, rahbariyatning qarorlaridan norozi bölgan boşqa yetakçi futbolçilar, Lionel Messi va Andres Inesta ham ketiş taraddudiga tuşişgan. Jamoa muxlislari esa rahbariyatdan, ayniqsa, Bartomeuga norozilik bildirib, unga qarşi petitsiya boşlagan.
NeYMARNING KeTIŞI

Şartnomasiga «atigi» 222 million tovon puli yozilgan yulduz futbolçiga bölgan munosabatning şunga mos bölmagani muammoni keltirib çiqardi. «Barselona» bu pulga boşqa Neymarni sotib ololmaydi. Klubning uşbu transferga bölgan qaraşi, özini tutişidan bemalol biliş mumkinki, kataloniyaliklar Neymarni qöyib yuborişni aslo istaşmagan.
«Barselona» futbolçi bilan muzokaralar olib borişi, yangi şartnoma tuzişi mumkin edi. Neymarning fonida «Real»ning Garet Beylni qanday qilib hali ham uşlab tura olayotganiga tahsinlar öqiş mumkin. (Beyl xuddi Neymar kabi, boşqa yulduzlar soyasida qolyapti, buning ustiga Madridda unga nisbatan salbiy munosabatlar juda köp, Beylda zaxirada ötirib qoliş xavfi bor - ammo baribir «Real» uni jamoada qolişga köndirişning uddasidan çiqa olyapti).
Yoki vaziyat qölga olinişi va uşbu transfer yordamida foydali kelişuvlarga erişiş mumkin edi. Masalan, Marko Veratti. «Barselona» uşbu futbolçiga ançadan beri qiziqib keladi. Uni yoki Di Mariyani, balki ikkovini Neymarning transferiga jalb etib, klub bu transferdan yuta olardi. Şunçaki, Neymarni biroz sabr qilişga undaş va vaziyat hokimiga aylanib, öz manfaatlarini ilgari suriş lozim edi xolos. Yoki transferning e'lon qilinişini keçiktiriş orqali, Neymarning örnini bosadigan nomzodlar transferi ustida işlaş uçun vaqt qölga kiritiş ham mumkin edi. Neymar ketib bölgaç, klubda katta pul borligini va Neymarning örniga baribir futbolçi sotib olişga majbur ekanini bilgan holda, klublar juda katta narxlar qöya boşlaşdi.
Qaysidir pallada klub vaziyatni qöldan çiqardi va faqat pul bilan qolib ketdi. Bu voqea klubning imijiga ta'sir körsatdi va ojiz boşqaruv sifatida futbol olamida namoyon böldi. «Barselona»ga ötişni istayotgan Verattining Parijda qolişga qaror berişi ham aynan Neymarning transferidagi tomonlarning ambitsiyasi ahamiyat kasb etdi. Qaysidir nuqtada Parij klubi «Barselona»dan qudratliroq körinib qolgandek edi göyo...
TOR DOIRA BILAN ÇeKLANIŞ















