GFR hukumati muxolifatçi Fathulloh Gulenning Germaniyada yaşovçi tarafdorlari hisoblarini Turkiya talabiga köra muzlatib qöyişdan boş tortdi. Bu haqda Spiegel xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, Anqara Germaniyada yaşovçi 80 nafar turkning nomi bölgan tegişli bildirişnomani Berlinga 2017 yilning boşida yuborgan, GFR TIVdan javob esa iyun oxirida keldi. Spiegel’ning yozişiça, javobda nomlari keltirilgan şaxslarning hisoblari ustidan nazorat örnatiş uçun “huquqiy asos yöqligi” bildirilgan.
Avvalroq GFR IIV Turkiya tomoni bir neça yil davomida Germaniyaga Gulenning tarafdorlarini topşiriş talab qilingan 6 mingga yaqin murojaat yuborganini tasdiqlagandi. Ularning bari qanoatlantirilmagan.
Avgust oyi boşlarida esa Turkiya prokuraturasi muxolifatçi Fathulloh Gulenning FETO taşkilotiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 35 jurnalistni hibsga oliş uçun order bergani xabar qilingandi.












