Google kompaniyasida içki tartib va iş atmosferasini yaxşilab boriş maqsadida Re:Work nomli blog işga tuşirilgan. Unda kompaniya rahbarlari, yetakçi mutaxassislar iş boşqaruvçi va xodimlarning jarayon davomida duç kelişi mumkin bölgan vaziyatlarni tahlil qilib, töğri harakatlaniş rejasini taqdim etadi. Şuningdek, blog orqali rahbariyat va kompaniya xodimlari örtasida teskari aloqa mexanizmi ham işlab çiqilgan.
«Köp yillar davomida tartibga solingan izohlar va munosabatlar jamlamasidan kelib çiqib, Google guruh yetakçilariga xos xarakteristikani işlab çiqqan», deydi Quartz muallifi Leya Fessler.
Xodimlar orasida ötkazilib turiladigan sörovnoma
Har yili Google xodimlari orasida quyidagi 13ta savol asosida tuzilgan sörovnomani ötkazib turadi. Savollardan 11tasiga munosabat bildirilib, sönggi 2tasiga şaxsiy xulosani bayon etiş söraladi.
1. Rahbar menga samarali işlaşim uçun işimda foydali izohlar beradi.
2. Rahbar mikromenejyement bilan şuğullanmay, uning darajasida quyi bölgan masalalarni mustaqil hal qilişimga imkon beradi.
3. Rahbar meni mustaqil şaxs sifatida hurmat qiladi.
4. Rahbar iş jarayonida mening fikrimni hurmat qiladi, garçi u boşqalarnikidan ajrab tursa ham, buni inobatga oladi.
5. Rahbar jamoani manfaatli maqsadlar ustida işlaş, natija va körsatkiçlarni ijobiy tomonga özgartirişga yordam beradi.
6. Rahbar özidan yuqori boşliq va iş boşqaruvçilardan olgan ma'lumotlar bilan örtoqlaşadi.
7. Sönggi paytlarda rahbar bilan mening kasbiy ösişim borasida mulohazalar bildirgan.
8. Rahbar jamoamiz oldiga aniq maqsadlarni qöyadi.
9. Rahbarning boşqaruv böyiça yetarli bilimi bor, masalan, IT yoki moliyaviy sohada yetuk mutaxassis hisoblanadi.
10. Rahbarimizni boşqa xodimlarni boşqarişga tavsiya qila olaman.
11. Umuman olganda, rahbarim öz vazifasini yaxşi uddalamoqda.
12. Rahbariyatingizni özgartiş uçun nimani tavsiya qilasiz?

















