Xitoyning mobil giganti hisoblangan Huawei kompaniyasi yangi Mate 10 va Mate 10 Plus flagman smartfonlarini rasman namoyiş etdi. Bu haqida Daily gazetasi xabar berdi. 

Yangi qurilmaning xususiyatlariga töxtaladigan bölsak, eng avvalo uning eng kuçli sakkiz yadroli Kirin 970 protsessorini alohida ta'kidlaş lozim, zero u hatto iPhone 8 namoyişidan keyin ham samaradorligi böyiça jahon bozoridagi eng yaxşi natijani qayd etadi. Şuningdek smartfonning hoşiyasiz displeyi ham e'tiborni jalb qilmay qolmaydi. Qurilma operatsion tizimning sönggi Android 8.0 Oreo versiyasida işlaydi. 

Foto: Daily

Manbaga köra, Huawei Mate 10 smartfonining taxminiy narxi 1000 dollar bölişi kutilmoqda.