«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu mavsumlar oraliğida «Mançester Yunayted»ga qaytişi mumkin edi. Bu haqda The Times naşri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, ötgan oyda Ispaniya sudi Ronalduni 14,7 million yevro miqdorda soliqlarni tölamaslikda ayblaganidan keyin 32 yoşli portugaliyalik futbolçi «Old Trafford»ga qaytişni istayotganini bildirgan, «Real» esa muzokaralar ötkazişga tayyor bölgan.
Ronalduning örniga madridliklar prezidenti Florentino Peres «Monako» hujumçisi Kilian Mbappeni jalb qilmoqçi bölgan, ammo u oxir-oqibat «PSJ»ga yöl olgandi. 18 yoşli fransuz futbolçisining otasi uni Ronalduning örnini bosa olişga tayyor emas deb hisoblagan.











