Pul, boylik, mol-dunyo ilinjida or-nomusi, ğururi, şa'ni va qadr-qimmatini bozorga solib, bu insoniy sifatlarni şahvoniy maqsadlarda arzon çaqaga sotayotgan, halol va haromning farqini mutlaqo unutgan qöşmaçilar jamiyatimizda uçrab turibdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Hatto, bu kimsalar ulğayayotgan farzandlarining köz oldida tasavvur etib bölmaydigan jirkanç vaziyatlarni yaratib, arzimagan moddiy manfaatni deb gödaklarning tarbiyasiga ham salbiy ta'sir etmoqdalar. Afsuslanarlisi, ular özlarining yaşaş xonadonlarini pinhona uçraşuvlar va köngilxuşliklar uçun “işq maskani”ga aylantirmoqdalar. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan olib borilayotgan tezkor tadbirlarda bu kabi kimsalarning qilmişlari foş etilmoqda.

Poytaxtimiz hududida olib borilgan tadbir davomida yuqori tilga olganimiz kabi yengil-yelpi hayotga ruju qöygan kimsalar ayni xiyonat ustida, ularga şaroit yaratib berayotgan qöşmaçilar esa haromdan kelgan daromaddan çöntagini qappaytirgan paytda qölga olindi.

Jumladan, ötgan yilning sentabr oyida avval ham qöşmaçilik va fohişaxona saqlaş jinoyatini bir neça marotaba sodir etgan Zarina Yölçiyeva (ism-familiyalar özgartirilgan) özining ijaraga olgan uyida 390 ming söm evaziga fuqarolar Akmal Nişonov, Sadir Nurliyev va Raşid Aliyevlarga köngilxuşlik qilişlari uçun fohişalikni öziga kasb qilgan Sabina Örinova hamda Dilafröz Nişonovalarni topib, ularga şaroit yaratib beradi. Biroq qöşmaçi maqsadiga yeta olmadi. U “xizmat haqi” uçun kelişilgan pulni olgan paytida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qölga olindi.

Jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tuman sudi tomonidan mazkur holatga nisbatan qonuniy baho berilib, Z.Yölçiyevaga nisbatan jazoning muqarrarligi ta'minlandi. Endilikda u umrining bir neça yilini simtörlar ortida ötkazadigan böldi.