Şimoliy Koreyada 5,6 magnitudali zilzila qayd etildi. Janubiy Koreyada bu zilzila Şimoliy Koreyaning navbatdagi yadroviy sinovi oqibatida yuz bergan bölişi mumkin deb hisoblaşmoqda.
Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligining ma'lum qilişiça, bu zilzila navbatdagi yer osti atom portlaşi natijasi bölişi mumkin.
Avvalroq Şimoliy Koreya davlat televideniyesi mamlakat rahbari Kim Çen In qit'alararo ballistik raketalar uçun jangovar kallak sifatida qöllaş mumkin bölgan vodorod bombasini közdan keçirganini ma'lum qilgandi.












