Maxfiy ma'lumotlarni oşkor qiliş bilan şuğullanuvçi WikiLeaks sayti asosçisi Julian Assanjning bayonot berişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan savdoga barham bersa, lavozimidan çetlaştiriladi. Assanj bu haqda Twitter sahifasida yozdi. 

«KXDR 90 foiz savdosini Xitoy bilan olib boradi. Agar Tramp AQŞning Xitoy bilan 650 mlrd dollarlik savdosini töxtatsa, öşa vaqtdayoq lavozimidan çetlaştiriladi», — deb yozgan Assanj.

Avvalroq, Donald Tramp öz Twitter sahifasida Vaşington KXDR bilan «biznes yuritayotgan» mamlakatlar bilan savdo aloqalarini butunlay töxtatiş masalasini körib çiqayotgani haqida yozgan edi.