Amerikaning Facebook Inc. korporatsiyasi Rossiya kompaniyasidan facebook.ru domenini berişni talab qildi. 2005 yildan bu domen "Zolotaya korona" tölov tizimining boş tuzilmasi - Moliyaviy texnologiyalar markazi (MTM)ga tegişli, yaqin vaqtdan boşlab facebook.ru saytidan tölov tizimi saytiga avtomatik qayta yönaltiriş jarayoni keçmoqda. Bunday vaziyat Facebook Inc'ni mutlaqo qoniqtirmaydi: korporatsiya MTMdan 30 sentabrga qadar facebook savdo belgisidan foydalanişdan voz keçişni talab qildi. 

Facebook Rossiya Fuqarolik kodeksining 1515-moddasiga tayanmoqda, unga muvofiq begona savdo belgisidan foydalanganlik uçun 5 million rubl kompensatsiya yoki undan foydalaniş uçun litsenziyaning ikki karra summasini  undiriş közda tutilgan. 

Şu tariqa Facebook korporatsiyasi 30 sentabrgaça facebook.ru domenini unga berişni, 6 sentabrgaça esa da'voning körib çiqiş natijalari haqida ma'lumot berişni talab qilmoqda.

MTM matbuot xizmatida "Kommersant"ga ma'lum qilinişiça, domen 2005 yilda qölga kiritilgan, Rossiyada esa Facebook bundan uç yil keyin paydo bölgan. Ta'kidlanişiça, sönggi 12 yilda Amerika korporatsiyasi tomonidan birorta da'vo xati kelmagan. Kompaniyada şuningdek murojaat yuristlar tomonidan örganib çiqilayotgani ma'lum qilingan. 

4 sentabr holatiga köra, facebook.ru domeni tölov tizimi saytiga avtomatik ravişda qayta yönaltirişda davom etmoqda.