Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov Myanmada musulmonlarning katta bosim ostida qolayotganida hukumat aybdor, degan fikrni ilgari surmoqda. Şuningdek, u Instagram'dagi sahifasi orqali norasmiy murojaatini yöllagan.
Bir hafta davomida ötkazilgan bosimlar natijasida va harbiylarning hujumi tufayli 58 mingga yaqin rohingyalar öz uylarini tark etişga majbur böldi. Musulmon bölgani uçun ularning 2600ga yaqin uyiga öt qöyildi. Muhojirlarni hozirça Bangladeş qabul qilmoqda, şuningdek, Turkiya ham qabul qilişini ma'lum qilmoqda.
«Jurnalist va inson huquqlari himoyaçilari musulmonlar qatliomi ötkazilayotgan Rakxayn şahriga kiritilmayapti. Lekin 50 milliondan ortiq aholisi bor, ulardan 90 foizi buddizmga e'tiqod qiluvçi mamlakat harbiylari maxsus maşinalarda şahar içiga kirib bormoqda. Siyosatçi va davlat rahbarlarining bu holatga munosabati, ularning befarqligi yoki e'tiborsizligi bilan ölçanmoqda», deydi Qodirov.
Eslatib ötamiz, bugun, 3 sentabr kuni Myanmaning Rossiyadagi elçixonasi joylaşgan köçada musulmonlarning mitingi bölib ötdi.
Ma'lumot uçun, joriy yilning 18 mart kuni Rossiya BMTning Xavfsizlik Kengaşida Myanmadagi musulmon rohingyalarga yordam beriş maqsadida kiritilgan rezolyutsiyaga veto qöygan, oqibatda rezolyutsiya qabul qilinmagan.











