Rossiyaning Saxalin viloyatida ayiq 70 yoşli ovçiga, uning ölimiga olib kelgan jarohat yetkazdi. Bu haqda RF Tergov qömitasining viloyat böyiça tergov boşqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

"Makarov tumani tergov bölimiga Makarov tumani Yangi qişloği yaqinidagi örmon hududida tumanning 70 yoşli fuqarosining jasadi topilgani haqida xabar kelib tuşdi. Voqea joyiga operativ-tergov guruhi çiqib ketdi", — deyiladi xabarda. 

Tergov ma'lumotlariga köra, nafaqaxör öğli bilan ayiq ovlaşga çiqqan. U vahşiy hayvon hujumidan olingan jarohatlar tufayli halok bölgan. Ayni çoğda Makarov tumani tergov bölimi tomonidan tergovgaça suriştiruv işlari olib borilmoqda. 

Saxalin viloyati örmon va ovçilik xöjaligi vazirligi vakilining RIA Novostiga ma'lum qilişiça, ölimidan avval ovçi ayiqni jarohatlagani sababli, hayvon yanada xavfli vahşiyga aylangan. Uni öldiriş uçun Makarov tumani ovçilariga ruxsat berilgan.