Iyul oyida Janubiy Koreya respublikasidagi mobil qurilmalar orqali amalga oşirilgan savdolar hajmi rekord örnatdi. Dunyoning eng axborotlaşgan mamlakatida smartfonlar iştiroki tobora kengayib borayotgan bir vaqtda elektron savdolar ham ösmoqda. Hukumat hisobotida şu haqda söz boradi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
Unga köra, smartfonlar va tabletofonlar orqali xaridlar uçun pul ötkazmalari iyul oyida 4.01 trln von (3.6 mlrd AQŞ dollari)ga yetgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 35,1 foiz köp demakdir, deyiladi Koreya Statistika ma'lumotnomasida.
Iyul oyida amalga oşirilgan jami internet xaridlarning 62 foizi esa aynan mobil tölovlarga töğri keladi.
Janubiy Koreyada mobil qurilmalar orqali xaridlar sönggi bir neça yil mobaynida ösib kelmoqda. Çunki mamlakat fuqarolari onlayn pul ötkazmalari uçun kompyuter örniga “aqlli” qurilmalardan köproq foydalanişmoqda.
Xususan, mobil qurilmalar orqali sayohatga buyurtma beriş va kinoteatrlar çiptalarini xarid qiliş 25,1 foizga oşib, iyul oyida 674.8 mlrd vonga yetgan. Kosmetika mahsulotlari savdosi 26,8 foizga ösib, 315.4 mlrd vonni taşkil etdi.
Liboslar savdosi 31,6 foizga ösgan va 415.6 mlrd vondan iborat bölgan. Smartfonlar orqali sotilgan elektronika mahsulotlari miqdori 478.2 mlrd vonga ösgan. Bu 46 foizga köpayganini anglatadi.












