Braziliya hukumati giyohvandfuruşlikka qarşi katta kölamli operatsiya davomida 80 dan köproq oğufuruşni qölga oldi.
Huquq-tartibot idoralari hibsga oliş uçun 127 ta va tintuv ötkazişga 190 ta order berişgan. Barça gumonlanuvçilarni qölga olişning hozirça iloji bölmagan. Qölga olinganlar orasida mamlakatning janubi-şarqida joylaşgan portdagi yirik terminalning 28 xodimi ham bölgan.
Tergov ma'lumotlariga köra, San-Paolo ştatidagi Santos şahri xalqaro narkomafiya vakillari tomondan Kolumbiya, Peru va Boliviyadan keluvçi kokainni jönatiş punktiga aylantirilgan. Kokain konteynerlarga joylanib, savdo kemalarida Yevropa va Afrikaga jönatilgan.











