Xitoy özining hozirgi va bölğusi hamkorlari uçun kamalak ranglarni namoyiş etişda davom etmoqda. XXRning Syamen şahrida bölib ötayotgan BRIKS sammitida kelgusi ön yillik «oltin yillar» deb e'lon qilindi. Investitsiyalar ösadi, iqtisodit «kök» va «yaşil» böladi, mamlakatlar özaro hisob-kitoblarda milliy hamda kriptovalyutalarga ötadi. Ipak yöli esa Pekindan Berlingaça çöziladi. Mamlakatlar örtasidagi döstlikni mustahkamlaş uçun BRIKS telekanalini taşkil etiş ğoyasi ham ilgari surildi. Bu haqda Gazeta.ru saytida tahliliy maqola e'lon qilindi.

5 ta eng yirik rivojlanayotgan mamlakatlar sammiti «BRIKS: yorqin kelajak uçun mustahkam hamkorlik» şiori ostida bölib ötmoqda. Albatta, sammit davomida şiorning xitoyçadan tarjimasiga tuzatişlar kiritildi va endilikda u «BRIKS: bulutsiz kelajak uçun hamkorlikni mustahkamlaş» degan körinişga keldi. 

BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, JAR - BRHXJ) a'zolarining hamkorligi naqadar mustahkamligini isbotlaşga zarurat yöq. Aytiş mumkinki, Doklam platosidagi Hindiston-Xitoy çegara ziddiyati sammitning yorqin ötişiga xalaqit bermadi. 

Hindiston boş vaziri Narendra Modi XXR raisi Si Tszinpin taklifini qabul qilib, Syamenga keldi. 

Kelgusi 10 yillikni töğri ma'noda «oltin davr» böladi, deyiş mumkin. Xitoy taraqqiyot uçun mlrdlab dollar sarmoya kiritadi, dollarning özi esa kriptovalyutaga almaşadi. Yadro kallakli raketalarning nazoratsiz parvozlariga yöl qöyilmaydi: BRIKS yetakçilari «KXDR tomonidan ötkazilgan yadro sinovini qoralab», bu kabi muammolarni, sammitning yakuniy deklartsiyasida qayd etilganidek, tinç yöl bilan hal etişga çaqirişdi. 

Şu bilan birga, kelasi 10 yilda BRIKS davlatlari iqtisodiyoti ham tubdan özgaradi. U bir vaqtning özida «kök» va «yaşil» tusli böladi. «Yaşil iqtisodiyot» — bu muqobiil energetika va energiya tejamkor texnologiyalarni anglatsa, «kök iqtisodiyot»da — biotexnologiyalar, dengiz turizmi, suv xöjaligi (xususan, baliqçilik yoki dengiz karami yetiştiriş) tuşuniladi.

BRIKS, şuningdek, dollarga qaramlikka barham berişni rejalaştirmoqda. Albatta, bu jarayon asta-sekinlik bilaan bosqiçma-bosqiç ötkaziladi. Bunda dastlab BRIKS va BRIKS+ mamlakatlari (Misr, Gvineya, Meksika, Tojikiston va Tayland) bilan özaro hisob-kitoblarda dollardan voz keçiladi. Bu jarayonda yuan va boşqa valyutalar, jumladan kriptovalyutalardan foydalaniş imkoniyati kengayadi.