KUN.UZ fuqarolar bilan işlaş, ularning muammolarini örganiş, murojaatlari böyiça tahlil qilib, unga yeçim izlamoqda. Furqat tumanining markazida RIO klubi faoliyat olib boradi. Bu klub tadbirkor Alişer Mahmudovga tegişli bölib, mazkur manzilni töy va turli marosimlarni ötkaziş maqsadida oçgan va litsenziyani qölga kiritgan. Faoliyati esa tungi 22:00 ga qadar olib borilişi közda tutilgan.
Biroq, bizga kelib tuşgan murojaatda RIO klubi, tong 03-04ga qadar faoliyat olib borayotgani, töy va turli marosimlar emas, disko klubga aylangan, bu yerda baloğatga yetmagan yoşlar faoliyat olib borişi, ayrim mast kimsalar dastidan klub yonida istiqomat qiluvçi aholi tinçligi buzilganligi aytilgan. Mazkur muammoni örganiş maqsadida Furqat tumani hokimi örinbosari, Ommaviy tadbirlarni taşkil etiş va ötkaziş komissiyasi raisi Bahodir Abdullayev bilan boğlanganimizda muammo 2 kun içida yeçim topişini aytib ötdi.
2 kundan söng B.Abdullayev bilan yana boğlanganimizda, bu muammo böyiça tuman DSI boşliği A.Qosimovga tadbirkorning litsenziyasini örganiş böyiça xat çiqarganini aytdi.

Kuzatuvimiz şuni körsatdiki, çindan ham tadbirkorning litsenziyasida tungi 22:00 ga qadar faoliyat olib borişi közda tutilgani, tadbirkor esa noqonuniy tarzda tonggi 04:00ga qadar faoliyat olib borilayotgani aniqlandi. Tuman hokimligidan aniq javob kelmaganidan söng, muammo böyiça Furqat tumani DSI hodimi Davlat Xalilov bilan boğlandik. Davlat Xalilov ham muammoni 3-4 kunda hal etişi, disko klub faoliyatini 22:00ga qadar yurgazişini va'da berdi. Biroq, 4 kun ötganidan söng ham muammo muammoligiça turganini şu klub hududida istiqomat qiluvçi fuqarolar aytib ötdilar.
Xöş RIO majmuasi (disko klubi)da qaçongaça baloğatga yetmagan ösmirlar faoliyat olib boradi? Qaçongaça şu hududda istiqomat qilayotgan fuqarolar mast kimsalar dastidan tinçliklarini yöqotadilar? Lisenziyasida 22:00 ga qadar faoliyat olib borilişi közda tutilgan tungi klub qaçon adolat yuzasida işlaydi? Bu savollarning javobi biz uçun ham qiziq. Muammo yeçim topişi uçun izlanişdamiz. Demak, mavzuga yana qaytamiz.
Ahror Ziyo, Farğona












