Sovetlar Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy Qömitasi birinçi kotibi Nikita Xruşçyovning öğli Sergey otasi Qrimni Ukrainaga 1954 yilda nega berib yuborganini aytib ötdi. U hozirda AQŞdagi Braun universiteti professori hisoblanadi.
"Otamning Qrimni Ukrainaga berişiga sabab, agarda siz xaritaga qarasangiz, Qrim Ukrainaga juda yaqin joylaşgan, hamda u yerda iqtisodiyot bilan şuğullanişni boşlaşganda va, eng asosiysi, hozirda afsuski kömib taşlangan öşa kanalni qurilişi start olganda, Davlat reja qömitasi bitta yuridik şaxs qöl ostida quriliş olib borilsa yaxşi bölişini aytdi, hamda Ukrainaga köplab mintaqalar berilgani kabi u ham topşirildi", - deya Xruşçyovning sözlarini keltiradi "112 Ukraina" telekanali sayti.
Sergey Xruşçyovning iddao etişiça, bu qarorda “heç qanday siyosat”, “Ukraina byurokratiyasini xursand qiliş harakatlari” va uning onasiga “sovğa” beriş niyati bölmagan. "Bu tuzilmaviy va töğri qaror edi. Qrim tiklanişni boşladi, köp tokzorlar yaratildi", - deya qöşimça qildi u.
RSFSR tarkibida bölgan Qrim Sovetlar Ittifoqi Oliy kengaşi Prezidiumi farmoniga köra 1954 yilning 19 fevral kuni Ukraina SSR tarkibiga ötkazilgan. Bu Ukrainada uzoq vaqt davomida işlagan mamlakatning öşa paytdagi yetakçisi Nikita Xruşçyovning taşabbusi bilan qilingan, deb hisoblanadi.
Sovetlar Ittifoqi parçalanib ketganidan söng Qrim Ukraina tarkibida qoldi. 2014 yilning martida ötkazilgan referendumdan söng u Rossiya mintaqasiga aylandi. Qrim hukumati Ukrainada 2014 yilning fevralidagi davlat töntarişidan keyin referendum ötkazdi. Ukraina Qrimni hamon öziniki, biroq vaqtinçalik egallab olingan hudud, deb biladi.













