Britaniyaning Jaguar avtomobil konserni sun'iy intellektli futuristik rul işlab çiqardi. Bu haqida Daily-Motor xabar berdi.
Rul ğildiragi taniqli dizayner Malkolm Sayyer şarafiga Jaguar Sayer nomini olgan. Yangi rul 2040 yil avtomobillarini namoyiş qilişga möljallangan Future-Type kontsept-kariga örnatiladi.
Jaguar ruli maşina egasiga bölajak uçraşuv haqida eslatib, kun tartibiga oid ma'lumotlarni saqlab qola oladi. Şuningdek yangi texnologiya haydovçining istaklarini topişi ham mumkin, masalan, "drayver yönalişi"ni tanlaş yoki aksinça, avtopilotni yoqiş.
Rul köçuvçi bölib, uni Jaguar'ning boşqa modellarida ham qöllaş mumkin böladi. Rulni boşqa maşinaga köçirganda haydovçi, kreslolar holati, audiotizim sozlamalari, navigatsiya kartalari va şu kabi barça ma'lumotlardan yangi maşinada ham foydalaniş mumkin böladi.












