Yevropadagi davlatlardan birida Ukraina talabi bilan mamlakatdan Viktor Yanukoviçning atrofidagi şaxslar tomonidan olib çiqib ketilgan 500 kilogramm oltin xatlov qilindi. Bu haqda Ukraina boş prokurori örinbosari Yevgeniy Yenin Insider naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, oltin partiyasini xatlov qiliş haqidagi ma'lumot bir neça hafta avval paydo bölgan. Gap Yevropadagi qaysi davlat haqida ketayotgani noma'lum. Bunday miqdordagi oltinning bozor narxi 21 million dollardan ortiqni taşkil etadi.
Yeninning sözlariga köra, Yevropa davlatlarida Yanukoviç va uning atrofidagi şaxslarning hammasi bölib 200 mln dollarlik aktivlari xatlovga olingan.
Ukraina boş prokuraturasi Viktor Yanukoviç tomonidan mamlakatga yetkazilgan zarar miqdorini 40 mlrd dollarga baholagan. Yanukoviçning özi davlatga xiyonatda ayblanmoqda.












