Keça, 4 sentabr kuni Xalq deputatlari Qöşrabot tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi T. Jörayev ma'ruza qildi.
Kun.uz manbasi xabariga köra, sessiyada taşkiliy masala körilgan. Olimjon Akmaloviç Alixöjayev öz arizasiga binoan Qöşrabot tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi tavsiyasiga köra, A'zamxon Usmonoviç Bahromov Qöşrabot tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Eslatib ötamiz, A'zamxon Bahromov öz vaqtida Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi lavozimida ham işlagan.











