Samarqandning Qöşrabot tumanida granit toşlarni qayta işlaşga qaratilgan 127,4 milliard sömlik loyiha foydalanişga topşirildi.

Investitsiyalar vazirligi xabariga köra, investor – “Ba Da Stone” xorijiy korxonasi bölib, u loyihani töliq öz mablağlari hisobidan moliyalaştirgan.

Zavod yiliga 2,2 million kvadrat metr granit mahsulotlari işlab çiqaradi. Yangi oçilgan iş örinlari soni – 500 ta.

“Ba Da Stone” MÇJ 2024 yil 12 iyulda Qöşrabot tumanida taşkil etilgan. Ta’sisçilari – Wang Chunlin (66,67 foiz, u korxona rahbari ham hisoblanadi) va Huang Xiongzong (33,33 foiz).

Kompaniya tumanning “Çimmas” MFY hududidan 10 gektar yer maydonini auksion orqali ijaraga olgan va loyiha şu yerda amalga oşirilgan.

“Mazkur loyiha Qöşrabot tumanida yirik sanoat quvvatlarini rivojlantiriş, aholiga iş örinlari yaratiş va mahalliy iqtisodiyotning raqobatbardoşligini oşirişga xizmat qiladi”, – deyiladi vazirlik xabarida.