Avvalroq Kun.uz’da Samarqand viloyatida 8-sinf öquvçisi bölgan qiz bir guruh şaxslar tomonidan öğirlab ketilib, zörlangani haqida xabar berilgandi.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Unga köra, 2024 yil 6 oktyabr kuni voyaga yetmagan qiz bir neça şaxs tomonidan zörlangani haqida ariza bilan murojaat qilgan.
Ariza yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida uşbu holatga Qöşrabot tumani prokuraturasining iş yurituvçisi ham aloqadorligi aniqlangan.
U joriy yil 30 oktyabr kuni viloyat prokurorining tegişli buyruği bilan prokuratura organlaridan işdan böşatilgan.
Tergovga qadar tekşiruv harakatlari hamda tayinlangan sudga oid tibbiyot va biologik ekspertizalari natijalariga köra, 31 oktyabr kuni Iştixon tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Söng jinoyat işi tergovga taalluqliligi böyiça içki işlar organiga yuborilgan.
Olib borilgan tergov hamda tezkor tadbirlar davomida 9 nafar gumonlanuvçi aniqlanib, tergovga jalb qilingan. 8 nafar şaxs, şu jumladan Qöşrabot tumani prokuraturasining sobiq iş yurituvçisi protsessual tartibda uşlangan. Bir nafar gumonlanuvçini uşlaş çoralari körilmoqda.
Qayd etilişiça, hozirda jinoyat işi tergovi ustidan prokuratura nazorati örnatilgan.
Ma’lumot uçun, qiz 2024 yil 23 sentabr kuni öğirlab ketilgan. Oradan ma’lum vaqt ötgaç, qarindoşlari qiz yöqolgani haqida ariza yozişgan. Jabrlanuvçi oradan 13 kun ötib, 6 oktyabr kuni badanida zöravonlik izlari bilan topilgan.

















