Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining bugun yuz bergan söm devalvatsiyasi böyiça rasmiy bayonoti e'lon qilindi.

Bugun, 4 sentabr kuni Özbekiston Markaziy banki rasmiy saytida AQŞ dollari va boşqa xorijiy valyutalarning sömga nisbatan yangi qiymatlarini e'lon qildi. Unga köra, 5 sentabrdan e'tiboran Özbekistonda dollarning rasmiy kursi 8100 sömga teng bölişi belgilandi. Ya'ni, dollarning rasmiy kursi bir hafta ilgariga nisbatan 3889 söm 65 tiyinga oşdi.

«Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi PF-5177-sonli «Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmoniga asosan valyuta bozorini yanada liberallaştiriş sohasidagi davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri – milliy valyutaning çet el valyutasiga nisbatan kursini örnatişda faqatgina bozor mexanizmlarini qöllaşdan iboratdir.

2003-2017 yillarda kursni şakllantiruvçi omillar dinamikasining tahlili asosida, şuningdek banklar tomonidan importyor korxonalarga şartnomaviy kurs böyiça çet el valyutasini sotişning sinov savdolari natijalarini inobatga olgan holda, bugungi kunda valyuta kursining muvozanat darajasi hisob-kitoblarga köra, 1 AQŞ dollari uçun 8000-8150 sömni taşkil etmoqda.

Şu munosabat bilan, Markaziy bankning valyuta kursi 2017 yilning 5 sentabridan boşlab 1 AQŞ dollari uçun 8100 söm darajasida örnatilmoqda.

Markaziy bankning kursi, avvalgidek, har duşanba kuni ötgan hafta davomida valyuta birjasida ötkazilgan savdolarda qayd etilgan kurslarning örtaça qiymati darajasida belgilanadi va Özbekiston Respublikasi hududida buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti hamda boşqa hisobot maqsadlari uçun, şuningdek Özbekiston Respublikasi hududida bojxona va boşqa majburiy tölovlarni hisoblaş uçun işlatiladi.

Çet el valyutasini sotib oliş va sotiş böyiça banklararo savdo sessiyalari Özbekiston Respublikasi valyuta birjasida har kuni ötkazilib, bunda valyuta kursi çet el valyutasiga bölgan talab va taklifning joriy nisbati asosida aniqlanadi hamda valyuta birjasining saytida e'lon qilib boriladi», — deyiladi MB xabarida.