Özbekistonda ertadan 1 AQŞ dollari 8100 sömga teng böladi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning sömga nisbatan 5 sentabr sanasidan kuçga kiradigan yangi qiymatlarini e'lon qildi.
Yangi kursga köra, 1 dollarning qiymati 8100 sömni taşkil qilmoqda. Dollar ötgan haftadagi kursga nisbatan 3889 söm 65 tiyinga qimmatladi.
1 yevro qiymati 4678,6 sömga oşib, 9645 söm 48 tiyinga yetdi.
1 Rossiya rubli 139,91 söm etib belgilandi, bu ötgan haftaga nisbatan 68,73 sömga köp.

Eslatib ötamiz, 3 sentabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birlamçi çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5177 sonli farmoni imzolandi va bu farmon 5 sentabrdan kuçga kirişi ma'lum qilindi.












