Saxalin viloyati Severo-Kurilsk tumanida «Sanvu» töfoni oqibatlari bartaraf etilmoqda. Bu yerda favqulodda holat tartibi joriy qilindi, deb xabar qilmoqda Interfaks agentligi.
«Tsiklon ötib ketdi, yomğirlar tindi, şamol söndi. Ammo, hozirda biz jiddiy muammoga duç kelganmiz. Kuzminka daryosi töfon çoğida özanini özgartirib, şaharga kirdi va turarjoy binolari yonidagi köçalarda oqdi. Yetkazilgan zarar hisoblab çiqilgani yöq, ammo u önlab million rublni taşkil etadi», — degan şahar hokimi örinbosari Aleksandr Ovsyannikov.
Uning qöşimça qilişiça, özanini özgartirgan daryo köplab garajlar va avtomobillarni oqizib ketgan. Bundan taşqari uylarning birinçi qavatlari ham suv ostida qolgan.
Ayni vaqtga kelib, suv ortga çekingan.












