Dunyoda özlarini baxtli deb hisoblovçi fuqarolar istiqomat qiladigan mamlakatlar reytingi tuzib çiqildi. Ma'lum bölişiça, Norvegiya aholisi özlarini Yer sayyorasidagi eng baxtli insonlar deb hisoblaşadi. Britaniyaning The Spectator jurnali şu haqda ötkazilgan tadqiqot natijasini e'lon qildi.
Daniya va Islandiya röyxatning kuçli uçligiga kiritilgan. Top-10 likka, şuningdek, Şveytsariya, Finlandiya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Şvetsiya ham kirgan. AQŞ röyxatda 14-öringa joylangan bölsa, Buyuk Britaniya 19-öringa munosib körilgan.
Aytiş joizki, Özbekiston reytingning 47-örnida qayd etilgan. Undan söng Italiya, Rossiya, biroz quyiroqda Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlar bor. Özbekistonning bevosita yon qöşnilari bölgan Turkmaniston 59-örinda, Qozoğiston 60-örinda joylaştirilgan.
Tojikiston 96-, Qirğiziston 98-öringa, Afğoniston 141-öringa loyiq körilgan.











