Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya KXDR yadro sinovlariga sanksiyalar va siyosiy bosim bilan javob qaytaradi
Koreya respublikasi KXDR tomonidan o‘tkazilgan yangi yadro sinovlariga qarshi keskin choralar bilan javob beradi. Shu bilan birga, ushbu muammoni hal etish yo‘llarini qidirishda davom etadi. Bu haqda prezident Mun Chje In TASS bosh direktori o‘rinbosari Mixali Gusmanga bergan eksklyuziv intervyusida bayonot berdi.
"Shimoliy Koreyaning joriy yadro sinovlari avvalgilariga qaraganda ancha jiddiy", - deya qayd etgan Koreya yetakchisi. "Seul, bir tomondan bu sinovlarga qat'iy ravishda munosabatini bildiradi. Sanktsiyalarni keskinlashtirish, bosimni kuchaytirishi va jangovar shaylikni oshirish bilan javob beradi", - deb qayd etgan prezident.
"Boshqa tomondan, Koreya respublikasi Shimoliy Koreya yadro muammosini har tomonlama va tubdan hal etish choralarini qidiradi", - degan Mun Chje In.
Uning qo‘shimcha qilishicha, har safar KXDRning harbiy ig‘vogarliklaridan so‘ng, jahon hamjamiyati tomonidan tanqidlar yog‘dirish va Shimolga bosimni kuchaytirish ta'kidlanadigan "samarasiz doira"ga barham berish kerak.
KXDR 3 sentabr kuni vodorod bombasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e'lon qildi. U qit'alararo ballistik raketada jangovar yadroviy kallak sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026