Apple W1 çipidagi birinçi simsiz quloqçinlar bir martalik zaryaddan 40 soatgaça işlaydi. "Layfxaker" şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.
Beats Studio3'ning asosiy yangiligi - şovqinlarni kamaytirişning dinamik tizimi. Quloqçinlar atrofdagi şovqinlarni örganib, bosim ötkaziş intensivligini tartibga soladi. Ular bunday rejimda 22 soatgaça işlaydi, şovqinni kamaytirmay esa - 40 soatgaça.
Tezkor zaryad tizimida 10 daqiqagina turgan quloqçinlar 3 soatgaça töxtovsiz musiqa tinglaş imkonini beradi. Quloqçinlar Lightning orqali emas, microUSB'ga ulanib quvvat oladi.

Quloqçinlar birinçi navbatda iPhone, iPad, Mac va Apple Watch bilan işlaşga möljallangan. Beats Studio3 qurilmalardan biriga ulangan taqdirda, iCloud'dagi bir akkauntga boğlangan qolgan barça qurilmalar bilan işlaş imkonini beradi. Şunday bölsa-da, ularni oddiy simsiz quloqçinlar kabi Bluetooth orqali boşqa qurilmalarga ham ulaş mumkin.
Beats Studio3 olti xil rangda taqdim etiladi: qizil, qora, oq, tillarang, kök va kulrang. Töplamda şuningdek taşiş qoplamasi, pultli kabel va USB kabeli ham bor.











