Braziliyada 2016 yilgi Olimpiada taşkiliy qömitasi rahbari Karlos Artur Nuzman uyi va taşkiliy qömita ofisi tintuv qilindi. Bu haqda Globo naşri xabar bermoqda.
OAV ma'lumotlariga köra, Nuzman söroqqa çaqirilgan va politsiyaga pasportini topşirgan.
U Rio-de-Janeyroning yozgi Olimpiada poytaxti sifatida tanlanişida Xalqaro Olimpiya qömitasining afrikalik a'zolari ovozlarini sotib olişda gumon qilinmoqda. Braziliya prokuraturasi ma'lumotlariga köra, Nuzmanga qarşi jiddiy dalillar töplangan.
Ma'lum qilinişiça, bu iş böyiça tergov harakatlari doirasida öşa kunning özida 11 ta tintuv ötkazilgan va ikki kişining hibsga olinişiga order berilgan. Ularning nomi sir saqlanmoqda.












