Sirdaryo viloyat hokimligi, viloyat adliya boşqarmasi hamda tegişli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda «Eng namunali oila» körik-tanlovi ötkazildi.
Körik-tanlovining viloyat bosqiçi Boyovut tuman Dehqonobod SIU Anorzor mahallasida yaşovçi Komil Uralov xonadonida bölib ötdi.
Uşbu körik-tanlovda viloyatdagi barça tuman va şaharlarning eng namunali oila vakillari qatnaşdi.
«Eng namunali oila» körik-tanlovining iştirokçilari öz oilasi tarkibi, kasbi, oila a'zolarining sevimli maşğulotlari, er-xotinning oila quriş jarayoni, qaynona kelin munosabatlarini oiladagi an'ana va qadriyatlari töğrisida hayotiy misollar asosida öz çiqişlari bilan iştirok etişdi.
Mazkur körik-tanlovning viloyat bosqiçida birinçi örinni Sayxunobod tumanidan D. Egamberdiyevlar oilasi, ikkinçi örinni Oqoltin tumanidan Yu.Fayziyevlar oilasi hamda uçinçi örinni esa Mirzaobod tumanidan T.Turdaliyevlar oilasi egalladi. Ularga qimmatbaho sovğalar berildi.

Qolgan iştirokçilar esa qator nominatsiyalarga ya'ni «Kitobsevar oila», «Sportçi oila», «Işbilarmon oila», «Mehribon qaynona», «Ahil oila», «Saxovatli oila», «Ibratli kelin» va «Fayzli oila» nominatsiyalariga loyiq körilib, turli xil sovğalar bilan taqdirlandilar.











