Öq-otar qurollar inson hayoti va jamiyat osoyiştaligi uçun xavfli hisoblanadi. Şuning uçun ham ularni noqonuniy ravişda saqlaş, olib yuriş va bojxona çegaralari orqali olib ötiş qat'iyan man etilgan.

Davlat bojxona qömitasi axborot xizmatining xabar berişiça, Navoiy viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi idoralar vakillari bilan hamkorlikda Xatirçi tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida qurol va öq-dorilarning yaşirin ravişda saqlanayotganligi foş etildi.

Fuqaro T.Yo.ning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar iştirokida közdan keçirilganda, hovlidagi tomorqaga 1 dona öq-otar ov quroli, 2 dona gilza, 7 dona qölbola usulda tayyorlangan patron, 50 gr. soçma drob va boşqa moslamalar polietilen qopga solingan holda kömib qöyilganligi aniqlandi.

Uşbu holat yuzasidan Özbekiston Respbulikasi Jinoyat kodeksining 248 moddasi 1 qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, sud xukmiga binoan aşyoviy dallillar davlat egaligiga ötkazildi. Fuqaroga nisbatan eng kam oylik iş haqining 8 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar eksportini rağbatlantirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida» 1997 yil 10 oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoni talablariga köra Özbekiston Respublikasi xududiga maxsus ruxsatnomasiz qurol yaroğ, öq-dori va ularning qismlarini olib kiriş taqiqlangan.

Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi “Ğiştköprik” çegara-bojxona kompleksida qöşni davlatdan kirib kelgan fuqaro S.Alimardonov bojxona nazoratidan çetlab ötib, 39 dona böş gilzalar, 198 dona yelim gilza pistonlari, 57 dona yelim gilzalar va boşqa moslamalarni bojxona nazoratidan yaşirinça olib kirişga uringan paytda töxtatib qolindi.

Hozirda uşbu holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Joriy yilning ötgan 7 oyi davomida respublika bojxonaçilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 74 ta qonunbuzarlik holatlarida 31 ta ovçilik quroli, 12 dona öqotar qurol, 621 dona patron, 4,5 ming donadan ortiq kapsula, 1700 donadan ortiq gilzalar huquqbuzarlik aşyosi sifatida olib qöyilgan.