Davlat arxitektura va quriliş qömitasi şaharsozlik normalari va qoidalariga - ŞNQ 2.08.01-05 “Turar joy binolari”ga özgartirişlar kiritdi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Turar joy binolarida 9 qavatgaça (9-qavat ham) gazsimon yonilğida işlaydigan isitiş qozonlari örnatişga ruxsat berildi. Ilgari bunga faqat 5 qavatgaça yöl qöyilardi. Ilgarigidek, qattiq yonilğida işlaydigan isitiş qozonlari 2 qavatgaça (2-qavat ham) binolarda ruxsat beriladi.

Bundan taşqari, yotoqxonalarda nafaqat pişiriş uçun elektr plitalar, balki qattiq yonilğida işlaydigan plitalar 2 qavatgaça (2-qavat ham) binolarda, şuningdek gaz plitalari (10 qavatgaça, 10-qavat ham) örnatişga ruxsat berildi.