Joriy yilning 11 noyabrida Abu-Dabida Parijdagi Luvr muzeyining filiali oçiladi. Bu haqida BAA madaniy muassasasining matbuot relizida söz yuritiladi.

Muzeyning oçilişi şarafiga köngiloçar dasturlar  taşkillaştiriladi, dastur doirasida konsertlar va raqqoslarning çiqişlarini tomoşa qiliş mumkin böladi. Tadbirda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron iştirok etadi. 

Fors körfazidagi Saadiyat orolida joylaşgan filial kolleksiyasida 700ga yaqin san'at asari böladi. Ular BAA rahbariyati bilan birga Fransiya hukumati tomonidan ham taqdim etilgan. Zamonaviy san'at bölimida muzey mehmonlari Eduard Mane, Pol Gogen, Pit Mondrian, Ay Veyvey va boşqa musavvirlarning işlarini körişlari mumkin böladi. 

Bundan taşqari, muzey hududida jahon dinlariga bağişlangan galereya faoliyat yuritadi. 

Muzeyda, şuningdek, haykaltaroşlik namunalari ham namoyiş qilinadi. 

Abu-Dabi Luvri çiptalari kattalar uçun 60 dirham (16 dollar)dan va yoşlar (13-22 yoş) uçun  - 30 dirham (8 dollar). 13 yoşgaça bolalar uçun muzeyga kiriş bepul.

BAA poytaxtidagi Luvr filialining qurilişi 2009 yilda start olgan. Uning oçilişi bir neça marta orqaga surilgan.