Özbekiston Futbol Federatsiyasi Samvel Babayan milliy terma jamoa boş murabbiyligi vazifasidan ozod etilgani haqida ma'lum qildi.

«Samvel Babayan va uning ştabi jahon çempionatiga çiqiş vazifasini uddalay olmadi. Şu munosabat bilan Özbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar ştabi butunlay tarqatib yuboriladi. Milliy terma jamoaning keyingi taqdiri haqidagi yangi ma'lumot navbatdagi bayonot orqali ommaga e'lon qilinadi.

Özbekiston Futbol Federatsiyasi jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritgan Eron va Koreya terma jamoalarini tabriklaydi va ularga keyingi öyinlarda omad tilaydi.

Fursatdan foydalanib, Özbekiston Futbol Federatsiyasi jahon çempionati saralaşi davomida töxtovsiz ravişda qöllab-quvvatlaganligi va milliy terma jamoaga doimiy ravişda dalda berib turgani uçun milliy terma jamoamiz muxlislariga çeksiz minnatdorçilik izhor qiladi», deyilgan ÖFF sayti xabarida.