Norma.uz şarhida davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarini olib qöyişda buzilayotgan uylar mulkdorlari tomonidan eng köp beriladigan savollarga javoblar aks etdi.
 
Konstitutsiyaning 53-moddasiga muvofiq xususiy mulk daxlsizdir va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Uy mulkdori faqat qonunçilikda közda tutilgan holatlarda va tartibda undan mahrum qilinişi mumkin. Şunday holatlardan biri – davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarini olib qöyilişida uyga mulk huquqining töxtatilişi. 
 
Bunday holatda buzilayotgan uy mulkdorlarida odatda köplab savollar tuğiladi. 
 
1-vaziyat. Köçib çiqiş uçun oz vaqt berişadi
 
Masalan, amaliyotda şunday holat röy bergan: tuman hokimi yuqori turuvçi rahbariyatning muhim ijtimoiy loyihani tez futsatda röyobga çiqariş borasidagi topşiriğiga tayanib, fuqarolarga köçib çiqiş uçun 20 kun vaqt ajratgan. Bunda u öz talabini qöyişidan 6 oy oldin uyning bir qança yaşovçilari bilan uçraşuv ötkazib, uy buzilişi  ehtimolini aytgan. Şu tariqa, u oldindan ogohlantiriş böyiça majburiyat bajarilgan, deb hisoblagan.
 
Şu bilan birga Davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarining olib qöyilişi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş tartibi töğrisida nizomning 4-bandiga köra, tumanlar (şaharlar) hokimliklari buziş boşlangungaça 6 oydan keçikmay, imzo qöydirib, yozma ravişda har bir yaşovçini xabardor qilişi şart. Şu tariqa, heç qanday oğzaki e'lonlar va suhbatlar bildirganlikni anglatmaydi. Agar yiğiliş bayonnomasiga imzo çekmagan bölsa, bayonnoma ham aniq bir yaşovçini xabardor qilinganlik fakti hisoblanmaydi.
 
Bildirişnomaga Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar yoki Toşkent şahri hokimlarining yer uçastkasining olib qöyilişi va uy-joy buzilişi haqidagi qarorlari nusxalari ilova qilinişi kerakligini biliş nihoyatda muhim.
 
Aslida yuqori turuvçi hokimlar (alohida holatlarda Vazirlar Mahkamasi) qarorlari, qoidaga köra, oldindan qabul qilinadi, çunki quriliş uçun uzoq vaqt mobaynida mablağlar izlanadi va loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqiladi.