Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dominikanada yaqinlashayotgan dovul sababli sarosima boshlandi
Dominikana Respublikasiga yaqinlashayotgan “Irma” dovuli sababli aholisi o‘rtasida sarosima boshlandi. Bu haqda foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqdalar.
“Bizda sarosima boshlandi. Odamlar idoralar va banklar derazalarini qoqib tashlashmoqda. Iberia supermarketida noreal navbatlar kuzatilmoqda, bir kassada 50 tadan odam turibdi, vaholanki hamma kassalar ishlamoqda. Non mahsulotlari, konservalar, arzon bolalar oziqalari, hayvonlar oziqalari sotib bo‘lindi. Peshtaxtalardan termik ishlovsiz iste'mol qilish mumkin bo‘lgan barcha mahsulotlar “sidirib tashlanmoqda”. Yaqinda aloqa va elektr bo‘lmaydi”, deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
Uning aytishicha, Sen-Martin orolida suv sathi ko‘tarilgan. “O‘tgan yil bizni chetlab o‘tgan “Metyu” dovuli oxirgi 10 yil ichida eng kuchli dovul deb atalgan bo‘lsa, “Irma” oxirgi 20 yil ichidagi eng kuchlisi deb atalmoqda”, deb qo‘shimcha qildi foydalanuvchi.
Bu orada Meksika bo‘g‘ozida “Katya” dovuli vujudga keldi va AQSh janubi tomon 65 km/soat tezlik bilan yo‘nalmoqda.
Mavzuga oid
18:57 / 07.12.2024
Dominikana rasmiylari rekord darajadagi 9,5 tonna kokainni musodara qildi
00:08 / 08.07.2021
Dominikanaga qarashli harbiy vertolyot Haiti bilan chegarada falokatga uchradi
08:12 / 27.11.2019
Dominikanada rossiyalik sayyohlar avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi
15:30 / 16.10.2019