Dominikanaga qarashli harbiy vertolyot Haiti bilan chegarada falokatga uchradi
Dominikanaga qarashli harbiy vertolyot Haiti bilan chegaradosh Ximani shahriga qo‘nish vaqtida falokatga uchradi. Ma'lum qilinishicha, baxsiz hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Vertolyot Haiti prezidenti Jovenel Moiz o‘ldirilgandan keyin qo‘shni Dominikana mudofaa vazirligi kiritgan “Gibbon” amaliyoti doirasida chegarada kuzatuv olib borgan.
7 iyulga o‘tar kechasi Haiti prezidenti qarorgohiga noma'lum shaxslar hujum uyushtirgan. Uning oqibatida prezident Moiz halok bo‘lgan, uning rafiqasi Martin Moiz jarohat olgan. Keyinroq Haiti birinchi xonimi olingan jarohatlardan shifoxonada vafot etgani ma'lum qilingan. Biroq ko‘p o‘tmay Haitining Dominikanadagi elchixonasi bu axborotni rad etgan va Moiz xonimning ahvoli “barqarorligini” ma'lum qilgan.
Keyinroq Haitining AQShdagi elchisi Edmon Bokshi Martin Moiz og‘ir ahvolda Mayamiga evakuatsiya qilinishini xabar qilgan.
Haiti bosh vaziri lavozimini bajarayotgan Klod Jozef BMTni Moizning o‘ldirilishi yuzasidan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishga va qotillikni tergov qilishga chaqirgan.
O‘z navbatida, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish prezident o‘ldirilgandan keyin Haiti aholisini tartibni saqlashga va zo‘ravonlik harakatlari sodir etmaslikka chaqirgan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

09:29 / 09.12.2024
Haitida qirg‘in: kamida 110 kishi o‘ldirildi

18:57 / 07.12.2024
Dominikana rasmiylari rekord darajadagi 9,5 tonna kokainni musodara qildi

23:57 / 14.11.2024
Haitida bir kunda Amerikaning uchta yo‘lovchi samolyoti o‘qqa tutildi

21:37 / 21.08.2024