Andijon viloyati, Xöjaobod tumanidagi “Döstlik” çegara majmuasida Andijon viloyati hamda Qirğiziston Respublikasi Öş viloyati vakillarining uçraşuvi bölib ötdi.

Ma'lumki, davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayevning taklifiga binoan 5-6 sentabr kunlari Qirğiziston Respublikasida böldi. Taşrif doirasida qöşni özbek va qirğiz xalqlari manfaatlariga xizmat qiluvçi qator kelişuvlarga erişildi.

Çegara majmuasida Qirğiziston Respublikasidan taşrif buyurgan mehmonlar keng jamoatçilik, yurtimizda istiqomat qilayotgan qirğiz millati hamda yoşlar vakillari iştirokida karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.

Özbekiston va Qirğiziston Prezidentlari, hukumat delegatsiyalari uçraşuvidan keyinoq ötkazilgan mazkur tadbirda söz olgan Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov, Öş viloyati gubernatori Talaybek Saribaşev, Öş şahri meri Aytmamat Qadirboyev ikki xalq örtasidagi döstlik riştalari qadim tarixga ega ekanligi, davlatlarimiz rahbarlari uçaraşuvi nafaqat ana şu döstlikni, balki ikki davlat örtasidagi iqtisodiy, madaniy va yaqin qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaş yölida yangi sahifa oçganligini ta'kidladilar.

Qöşniçilik munosabatlari, döstlik riştalari hamda hamkorlikning yanada mustahkamlanişi, qöşni davlatga boriş-kelişdagi tösiqlar, ortiqça rasmiyatçiliklarning olib taşlanganligi, ayniqsa, asrlar davomida qöşni yaşayotgan, tili, dili, dini bir ikki xalq aholisini behad quvontirdi.

- Mening millatim qirğiz, Özbekiston fuqarosiman, - deydi Xöjaobod tumanidagi 10- umumta'lim maktabining qirğiz tili fani öqituvçisi Xonoyim Arziyeva. – Şukrki, olib borilayotgan odilona millatlararo siyosat tufayli mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar örtasida özaro hurmat, döstlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlar şakllangan. Qirğizistonda yaqin qarindoşlarim juda köp. Faqat keyingi yillarda xalqlarimiz örtasida yuzaga kelgan turli tösiqlar sabab ular bilan aloqalarimiz uzoqlaşib qolgan edi. Davlatlarimiz rahbarlari uçraşuvidan keyin bordi-keldi uçun eşiklar oçilganligida boşimiz kökka yetdi.