Bryusselda keça bölib ötgan yiğilişda Yevropa ittifoqining 28 iştirokçi davlati Rossiya fuqarolariga va ba'zi yuridik taşkilotlariga qarşi kiritilgan şaxsiy sanksiyalarni uzaytiriş haqida qaror qabul qildilar. Bu haqda Reuters manbalarga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, qaror Ukrainadagi vaziyat tufayli qabul qilingan.
Manbalarning sözlariga köra, röyxatdagi şaxslar tarkibi özgarişi mumkin, sababi ulardan tört nafari vafot etgan.
Agentlik ma'lumotlariga köra, sanksiya röyxati harakati keyingi yilning mart oyi örtalariga qadar uzaytiriladi.
Avvalroq Bundestagda Berlinning Moskvaga nisbatan siyosati xato deb atalgandi.











