«Mançester Siti» qişki transferlar vaqtida «Arsenal» hujumçisi Aleksis Sançes uçun 20 million funt taklif qilmoqçi.

Daily Mail xabariga köra, futbolçi yozgi transferlar vaqtida 70 million funt evaziga «Mançester Siti»ga ötişi mumkin bölgandi. Ammo «Arsenal» çililik bu futbolçisini qöyib yuborişni istamadi, bunga «Monako»dan Toma Lemarni sotib oliş böyiça muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangani sabab böldi. Bu fransiyalik futbolçi aynan Sançesga örinbosar sifatida körilgandi.

Sançesning amaldagi şartnomasi 2018 yilgaça tuzilgan. Agar tomonlar kelişuvga erişa olmasa, futbolçi mavsum yakunida «Arsenal»ni erkin agent sifatida tark etadi.

Avgustdagi dedlayn arafasida londonliklar klubi futbolçilari Aleksis ketişini talab qilişayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. «Arsenal»ning köplab futbolçilari u klub uçun foyda keltirmay qöydi, deb hisoblay boşladi.

Qayd etiş kerakki, Sançes «Mançester Siti»ning hozirgi murabbiyi Xosep Gvardiola bilan «Barselona»da birga işlagandi.