Izçillik bilan amalga oşirilayotgan kuçli ijtimoiy siyosat natijasida aholining farovonligi oşdi va kişilarning turmuş sifati yaxşilandi, bu esa keyingi 25 yil mobaynida örtaça umr köriş davomiyligi 67 yoşdan 73,5 yoşga, şu jumladan erkaklar — 66 yoşdan 71 yoşgaça, ayollarning örtaça umr köriş davomiyligi esa 70 yoşdan 75,8 yoşgaça ortişiga imkoniyat yaratdi. Xalqaro Press-klubning navbatdagi anjumanida şu haqida ma'lumot berildi.
Tadbirda ma'lum qilinişiça, quyidagilar jamoat taşkiloti hisoblangan Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamoat birlaşmasi şaklidagi "Nuroniy" jamğarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- faxriylarning Özbekistonni yangilaş va rivojlantirişning ma'naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlaşda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol iştirok etişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş va ularni ijtimoiy faoliyatga jalb etiş;
- keksalar hayoti darajasini oşiriş, ular uçun nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar böyiça qonun hujjatlari qoidalari ijrosi ustidan jamoatçilik nazoratini ta'minlaş, ehtiyojmand keksalarni va aholining boşqa qatlamlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va tibbiy yordam bilan ta'minlaş, uşbu maqsadlarda işlab çiqariş, tijorat, noşirlik, xayriya tadbirlarini va boşqa tadbirlarni amalga oşiriş;
- fuqarolarning özini özi boşqariş organlari bilan birgalikda oilalarda tinçlik va xotirjamlikni ta'minlaş;
- keksalar uçun ularning yoşini hisobga olgan holda turli ijtimoiy-madaniy tadbirlar, telemarafonlar, maxsus sport musobaqalari, keksa yozuvçilar, artistlar, xonandalar, rassomlarni va ijodiy ziyolilarning boşqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy keçalar taşkil etiş.
Şuningdek, yoş oilalar örtasida ajralişlar, yoşlarni turli oqimlarga kirib ketişi va huquqbuzarliklarning oldini oliş, öquvçilarning davomati masalasi, xorijga ketgan yoşlarni yurtimizga qaytariş va ularni iş bilan ta'minlaşda jamoatçilik nazoratini örnatiş kabi masalalar ham “Nuroniy” jamğarmasi vazifalari sirasiga kiradi.












