BMT rahbariyati Myanma qoçqinlariga yordam beriş maqsadida taşkilotning favqulodda vaziyatlarga sarflaş uçun Markaziy jamğarmadan (CERF) 7 mln dollar mablağ ajratişga qaror qildi.
Bu haqda BMT boş kotibining gumanitar masalalar böyiça örinbosari Mark Loukok ma'lum qildi.
«CERF — bu odamlarga qayerda va qaçon zarur bölişidan qat'inazar odamlarga yordam berişning eng tezkor usulidir», — degan u.
Loukok sözlariga köra, jamğarma qöşimça boşpanalar va oziq-ovqat yetkazib beradi, şuningdek, oğir holatdagi kişilarga tibbiy yordam körsatadi.
Şu bilan birga, myanmalik qoçqinlarning xavfsizligini kafolatlaş va ularga gumanitar yordamlarning uzluksiz yetkazilişini ta'minlaşga çaqirdi.












