Quyoşdagi çaqnaşlar tufayli yuzaga kelgan zaryadlangan zarralarning zarba tölqini tufayli paydo bölgan magnit böroni beş ballik şkalada törtga baholanmoqda. Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasining Quyoş Fizikasi instituti rentgen astronomiyasi laboratoriyasidan ma'lum qilişdi.

«Yerda beş ballik şkaladan törtinçisida bölgan magnit böroni röy bermoqda. Hodisa kuçi başorat qilinganidan taxminan ön martaga köp. Hozir Yerning tungi qismida bölib ötgan Kanadada kuçli qutb yoğdulari kuzatilmoqda. Böron butun sayyora miqyosida röy berayapti», - deya xabar matnini keltiradi RIA Novosti.

Ta'kidlanişiça, Quyoşdagi bir neça çaqnaşlar – sönggi uç kun davomida quyoş tojidagi özgarişlarning tabiiy natijasidir.

Avvalroq Quyoşda bir hafta içida ikkinçi kuçli çaqnaş yuz bergani xabar qilingandi.