Italiyaning beş karra çempioni, argentinalik futbolçi Esteban Kambyasso sport faoliyatini yakunlaş haqida qaror qabul qildi. Bu haqda La Nacion xabar bermoqda.
Naşrning xabar berişiça, argentinalik futbol bilan boğliq faoliyatini tugatiş niyatida emas hamda murabbiy bölişni rejalaştirmoqda.
Kambyasso Madridning «Real» futbol klubi maktabi tarbiyalanuvçisi sanaladi. U Argentinaning «Independente» hamda «River Pleyt», Angliyaning «Lester» va Gretsiyaning «Olimpiakos» jamoalarida töp surgan. Öyinçi Italiyaning «Inter» klubi bilan eng yirik muvaffaqiyatlarga erişgan bölib, Italiya çempionatida beş marta, kubogida tört marotaba va mamlakat superkubogida uç bora zafar quçgan. Şuningdek, 2009/10 yilgi mavsumda YeÇL ğolibiga aylangan.












