Jahon | 09:46 / 08.09.2017
7843
1 daqiqa o‘qiladi
«Xose» dovuli 3-toifagacha kuchaydi
Atlantika okeanida paydo bo‘lgan yana bir to‘fon «Xose»uchinchi darajagacha kuchaydi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.
Ayni vaqtda u Karib havzasi tomon harakatlanmoqda.
«Xose» bir necha soat avval ikkinchi toifagacha kuchaygani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Bundan avval, AQSh prezidenti Donald Tramp «Irma» to‘foni sababli Virjin orollarida favqulodda holat joriy qilgan edi.