Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan içki işlar organi xodimi pora olayotganda uşlandi, deb xabar bermoqda Toşkent viloyati prokuraturasi.
Zangiota tumanidagi jazoni ijro etiş muassasasida saqlanayotgan mahkuma Ş.X. viloyat huquqni muhofaza qiluvçi organlariga ariza bilan murojaat qilib, mazkur muassasa xodimi undan jazoni ötaş davomida yengil şart-şaroitlar yaratiş evaziga pora talab qilayotganligini bildirgan.
Ariza asosida ötkazilgan tezkor-tergov tadbir davomida Toşkent viloyati IIB JIEBga qaraşli 14-sonli jazoni ijro etiş koloniyasi xodimi M.I. ariza muallifining qizi Z.I.dan 1 mln. söm va 200 AQŞ dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtda uşlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, sud tomonidan M.I.ga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanildi.
Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.











