Quyoş kuçli çaqnaş vaqtida Yerga yetib borgan va kuçli magnit böroniga sababçi bölgan plazma bulutini çiqarib taşladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Böronga 4-daraja berildi, şu bilan birga, böron maydoni yerga qarama-qarşi yönalişdadir.

«Quyoşdan plazma buluti bizning sayyoramiz orbitasiga Moskva vaqti bilan soat tungi 2larda keldi - kutilayotgan muddatdan taxminan 12 soatga oldinroq. Bu esa uning tezligi kutilgan körsatkiçlardan 1,5 martaga oşgani, hamda Yerga zarba juda kuçli bölganini anglatadi. ACE qurilmasi ma'lumotlariga qaraydigan bölsak, magnit maydonining çiqarib taşlaş yönalişi sayyoramiz uçun salbiydir – maydon yerdagiga qarama-qarşi yönalişda hamda ayni damda Yer maydoni çiziqlarini «yondirmoqda», - deya aniqlik kiritgan FIAN boş ilmiy xodimi Sergey Bogaçev.

Avvalroq Yerda törtinçi darajali magnit böroni kuzatilayotgani xabar berilgandi.