Jahon | 18:31 / 08.09.2017
4781
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikadagi juda kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetdi

Foto: AP

Meksika qirg‘oqlarida yuz bergan juda kuchli zilzila oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Associated Press.

8,2 magnitudali juda kuchli yer silkinishi 8 sentabr kuni ertalab Pixixyapan shahridan 96 kilometr janubi-sharqda yuz bergan. Zilzila o‘chog‘i 35 kilometrlik yer tubida joylashgani aytilmoqda.

Avvalroq Meksikada juda kuchli zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni ortayotgani xabar berilgandi.

Bundan tashqari, Meksika qirg‘oqlarida sunami to‘lqinlari qayd etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid